Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina harbiylari Donesk shahar ma’muriyati binosiga zarba berishdi

Ikki kishi jabrlangan, ular o‘rtacha og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Uchta mashina zararlangan.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazidagi DXR vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Donesk shahar ma’muriyati binosi Ukraina qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida vayron bo‘lgan.

“Donesk (Voroshilov tumani) Artom ko‘chasi 98-uy — shahar ma’muriyati binosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berildi”, - deyiladi vakolatxona xabarida.

Ikki kishi jabrlangan, ular o‘rtacha og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Uchta mashina zararlangan.
Shahar meri Aleksey Kulemzinning so‘zlariga ko‘ra, otishma Kuraxovo qishlog‘idan amalga oshirilgan, Amerikaning M142 HIMARS qurilmasidan uchta raketa uchirilgan.
Bir kun ichida DXR hududi jami 175 ta o‘q-dori bilan 40-marta o‘qqa tutildi. Donesk, Aleksandrovkeda 12 uy-joy qurilishi, shuningdek, fuqarolik infratuzilmasi obyektiga zarar yetgan.
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.