Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Melitopol bolalar bog‘chasiga insonparvarlik yordami yetkazib berishdi

Melitopol shahridagi “Kalinka” 40-bolalar bog‘chasiga insonparvarlik yordami yetkazib berildi.
Sputnik
Rossiya harbiylari va xayriya tashkilotlari Zaporojye viloyatining Melitopol shahridagi “Kalinka” 40-bolalar bog‘chasiga insonparvarlik yordami yetkazib berishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
“Yedinaya Rossiya” (“Yagona Rossiya”) va “Mi vmeste” (“Biz birgamiz”) volontorlik tashkilotiga hamda Rossiya Qurolli kuchlariga rahmat aytmoqchiman. Biz bog‘chamiz xodimlari va bolalariga ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdormiz”, - dedi bolalar bog‘chai mudirasi Natalya Xoxamidi.
Zaporojye viloyatining volontorlik tashkilotlari Rossiya harbiylari bilan birga muntazam ravishda bog‘chalar, maktab internatlar, bolalar uyilari, qariyalar uylari va boshqa ijtimoiy muassasalarga oziq-ovqat, tibbiyot vositalari va birinchi zaruriy buyumlarni yetkazib berishda ko‘maklashib kelishadi.