TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan 1 629 dona elektromobil import qilgan. Ularning qiymati 51,3 mln dollarga teng bo‘lgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
2022 yilning sentabr oyida 130 ta elektromobil import qilingan.
9 oyida eng ko‘p elektromobillar Xitoydan - 1 422 dona import qilingan. Keyingi o‘rinlarda BAA (111), Germaniya (41), Gonkong (31), Litva (10), Janubiy Koreya (7) va boshqa davlatlar (7).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident mutasaddilar oldiga elektromobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish maqsadida kelgusi ikki yilda joylarda ikki mingta quvvatlash stansiyalari tashkil etish vazifasini qo‘ygandi.
Bu stansiyalarga ham yer, mulk va foyda solig‘idan imtiyoz qo‘llaniladi. Tadbirkorlarga quvvatlash stansiyalari orqali elektrni erkin narxda sotish huquqi beriladi.