Og‘ir atletika: Sharofiddin Amriddinov Olimpiada chempionidan oltin medalni tortib oldi

Sputnik
TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Bahraynda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharofiddin Amriddinov 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sharofiddin Amriddinov
“-102 kg vazn toifasida qatnashgan hamurtimiz Sharofiddin Amriddinov 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarni qo‘lga kiritdi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Amriddinov dast ko‘tarish mashqida 172 kg bilan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni qatarlik Elbah Faresni ham ortda qoldirib, oltin medal sohibiga aylangan.
Sharofiddin Amriddinov
Siltab ko‘rarishda 196, ikki kurashda esa 368 kg qayd etgan samarqandlik polvon terma jamoasi hisobiga yana 2 kumush medalni keltirgan.
Avvalroq, og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Tursunoy Jabborova Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida ikkita medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Sharofiddin Amriddinov