TOShKENT, 16 okt — Sputnik. 17-oktabr kuni Istanbul shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda 11-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TDTning birinchi sammiti kun tartibi va tayyorgarlik jarayoni, shu jumladan TDT davlat rahbarlari kengashiga imzolash uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilishni ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosat va tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
O‘tgan yili Turkiyaning Istanbul shahri bo‘lib o‘tgan sammitda Turkiy kengash nomini Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Ostonadagi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK) sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyevni qabul qilib, Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgan edi.