TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Agar Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlari Rossiya gaziga yuqori chegaralangan narx joriy etishsa, Moskva yetkazib berishni to‘xtatadi. Bu haqda “Gazprom” rahbari Aleksey miller ma’lum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
“Biz imzolangan shartnomalarga amalga qilamiz. Bunday bir yoqlama qaror – bu, albatta, shartnomalar shartlarining jiddiy buzilishi. Bu yetkazib berishning to‘xtatib qo‘yilishiga olib keladi”, - dedi Miller “Rossiya 1” telekanali efirida.
YeI mamlakatlari bir necha haftadan buyon Rossiyaga gaziga yuqori chegaralargan narx belgilashni muhokama qilib kelishadi, biroq cheklov joriy etish borasida haligacha bir qarorga kela olishmagan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilgari bir necha bor Rossiya shartnoma shartlariga zid siyosiy qaror qabul qiladigan mamlakatlarga energiya resurslarini yetkazib bermasligini ta’kidlagan.