Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Belgorod harbiy poligonida terakt sodir bo‘ldi

Terakt oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt - Sputnik. ️Belgorod viloyatida G‘arbiy harbiy okrugining poligonida terakt sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, MDH davlatlaridan birining fuqarosi bo‘lgan ikki nafar terrorchi o‘q otish mashg‘uloti vaqtida ko‘ngillilardan iborat shaxsiy tarkibiga qarata o‘q uzgan.
Ushbu mudhish hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Javob o‘ti bilan ikki terrorchi yo‘q qilingan.