TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Ukrainaning millatchi “Azov”* polki jangarilari Mariupolda tinch aholini o‘ldirganliklarini tan olishdi.
Azovchi Renat Aliyev aprel boshida Mariupolda to‘rt nafar oddiy fuqaroni Dragunov soyli snayper miltig‘i (vintovka) bilan o‘ldirganini so‘zlab berdi.
“Tasodifan jang chog‘ida. Men harakatni sezib qoldim, biroq u dushman yoki dushman emasligini farqlay olmadim. Ular esa oddiy fuqarolar ekan”, - dedi u RIA Novostiga bergan intervyusida.
Yana boshqa biri Mixail Shves ham Rossiya harbiylari bilan otishma paytida harbiylar qarshida oq bog‘ichda yugurib chiqqan tinch aholini otib qo‘yganini tan oldi. Bundan tashqari, Shvas ukrainalik millatchi do‘konda keksa kishini qanday otib tashlaganini ko‘rganini ko‘rganini ma’lum qilgan.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti