TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi Ukrainada ishlamay qolishi mumkinligini istisno etmayapti.
“Starlink – Ukraina armiyasining frontdagi asosiy aloqa tizimi. Agar biror kishi bu ishni bajarmoqchi bo‘lsa marhamat. <...> Urush zonasida optik tolali internet, telefon liniyalari, uyali aloqa minoralar va boshqa kosmik aloqa vositalari yo‘q qilindi. Faqat Starlink qolgan. Hozircha”, - deb yozdi Ilon Mask o‘zining Twitter sahifasida.
Bir kun oldin Mask SpaceX tizimning Ukrainadagi ishlashini u endi o‘z yonidan to‘lay olmasligini e’lon qilgan edi. Bugun u yana Ukraina Qurolli kuchlari sun’iy yo‘ldosh aloqalarisiz qolishi mumkinligiga ishora qildi.
Tadbirkor, shuningdek, Rossiya Ukrainadagi sun’iy yo‘ldosh internet tizimini “o‘ldirishga” urinayotgani va uni himoya qilish uchun sarflangan barcha resurslarga qaramay, u yerda ishlamay qolishi mumkinligini aytdi.
Ma’lumot uchun, yaqinda Starlinkishlamay qolganligi sababli Ukraina Qurolli Kuchlari ko‘r-ko‘rona buyruq berishga majbur bo‘lgan edi. Bu esa hujumlarning muvaffaqiyatsizligi va katta yo‘qotishlarga olib keldi.