TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi doirasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda Markaziy Osiyoda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shavkat Mirziyoyev v ramkax zasedaniya Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv vstretilsya s Prezidentom Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmonom.
Prezidentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sohalarida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish zarurligini ta’kidlagan.
Shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan ShHT va MDH doirasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilingan.