TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Tursunoy Jabborova Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Mahoratli og‘ir atletikachimiz Tursunoy Jabborova Bahraynda o‘tayotgan Osiyo chempionatida terma jamoamizga navbatdagi medallarni taqdim qildi. -87 kg vazn toifasida ishtirok etgan qashqadaryolik sportchimiz kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
Tursunoy Jabborova Osiyo chempionatida ikkita medalni qo‘lga kiritdi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Jabborova dast ko‘tarish mashqida 112 kg bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan. Siltab ko‘tarish yo‘nalishida esa 130 kg bilan bronza medali sohibasiga 1 kg imkoniyatni boy bergan. Ikki kurashdagi 242 kg yakunda sportchini shohsupaning uchinchi pog‘onasiga olib chiqqan.
Doston Yoqubov Manama shahrida (Bahrayn) bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 2 ta oltin hamda 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgani haqida xabar bergan edik.