TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi janglarda qahramonlik ko‘rsatayotgan askar va zobitlar haqida har kuni hikoya qilib bormoqda.
Bugungi qahramonimiz - yosh artilleriyachi, noodatiy biografiyaga ega. U Dubay shahrida tug‘ilgan, otasi pokistolik onasi rus. Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida o‘sib ulg‘aygan, harbiy o‘quv yurtini tamomlab artilleriyachi mutaxassisligini olgan.
Jangdagi qahramonligi haqida gapirganda, ular kolonna tarkibida harakatlanib ketayotgan vaqtda dushman pistirmasiga duch keladi. Shunda u o‘z minomotchilar bo‘linmasiga qurollarni shaylab darhol jangga kirishni buyuradi. Natijada dushman artilleriyasi va o‘qotar qurollari o‘ti bostiriladi, kolonna harakatini davom ettiradi.