TOShKENT, 14 okt - Sputnik. Bugun Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda gumon qilingan 38 kishi deputatlar kafolati evaziga uylariga qaytdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston voqealari sabab qamalgan 38 kishi oilasiga qaytdi
© Qaraqalpaqstan Respublikasi Joqarg‘i Keңesin
Qayd etilishicha, dastlab Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda gumon qilingan 22 nafar fuqaro Jo‘qorg‘i Kenges raisining so‘rovi hamda deputatlik kafolatlari va shaxsiy daxlsizlik tamoyili asosida uylariga qaytarilgan. Keyinroq ularning qatoriga yana 16 kishi qo‘shilgan.
Qoraqalpog‘iston voqealari sabab qamalgan 38 kishi oilasiga qaytdi
© Qaraqalpaqstan Respublikasi Joqarg‘i Keңesin
“Tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslar sodir etgan jinoyatidan pushaymonligi, oila a’zolari bergan murojaatlar o‘rganilib, ular yagona boquvchi ekani inobatga olinib, ozodlikka chiqarishga qaror qilindi”, - deyiladi xabarda.
Qoraqalpog‘iston voqealari sabab qamalgan 38 kishi oilasiga qaytdi
© Qaraqalpaqstan Respublikasi Joqarg‘i Keңesin
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘istonda iyul oyi boshida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya tartibsizliklarda ishtirok etgan 34 nafar fuqaro oilasiga qaytarilganini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, 1-2 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirdi. 2-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga yetib bordi va qoraqalpoq xalqi bilan muloqot qildi.
Qoraqalpog‘iston voqealari sabab qamalgan 38 kishi oilasiga qaytdi
© Qaraqalpaqstan Respublikasi Joqarg‘i Keңesin
Shuningdek, prezident Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog‘iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini bildirdi.
Qoraqalpog‘iston voqealari sabab qamalgan 38 kishi oilasiga qaytdi
© Qaraqalpaqstan Respublikasi Joqarg‘i Keңesin
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Nukusdagi ommaviy tartibsizlik va buzg‘unchilik davomida 18 kishi vafot etgan, 250 nafardan ziyod kishi jarohat olgan. O‘zbekiston hukumati 1–2 iyul kunlari Nukusda ro‘y bergan voqelarani O‘zbekiston Respublikasining konstitutsion tuzumi, hududiy yaxlitligi va birligini vayron qilishga urinish deb baholagan.
Bosh prokuratura O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish ochgan. Dastlabki tergov doirasida 14 nafar shaxs hibsga olingan.
Qoraqalpog‘iston voqealari sabab qamalgan 38 kishi oilasiga qaytdi
© Qaraqalpaqstan Respublikasi Joqarg‘i Keңesin