TOShKENT, 14 okt - Sputnik. Ostonada “Markaziy Osiyo - Rossiya” sammiti boshlandi.
Tadbirda Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etmoqda. Sammit yakunida qo‘shma bayonot qabul qilish rejalashtirilgan.
Sammit davomida ishtirokchilar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mavjud geosiyosiy vaziyatda, jumladan, oziq-ovqat, xomashyo va logistika narxlari oshishi sharoitida umumiy savdo-iqtisodiy va boshqa manfaatlarni himoya qilish masalalarini muhokama qiladi.
Afg‘onistondagi vaziyat kontekstida mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha ham fikr almashilishi kutilmoqda.
Tafsilotlarni jonli efirda tomosha qiling.