TOShKENT, 14 okt – Sputnik. MDH hayotida ishtirok etmayotgan Ukraina ushbu tashkilot taqdim etayotgan imkoniyatlarni qo‘ldan boy berapti. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidladi.
“Ehtimol, bu, birinchi navbatda, Ukrainaning o‘zi uchun kamchilikdir. Ya’ni, u integratsiya jarayonlari taqdim etayotgan imkoniyatlardan foydalanmayapti. Tashkilot Ukrainasiz rivojlanmoqda”, dedi Peskov.
Uning qayd etishicha, MDH o‘zining hayotiyligini ko‘rsatmoqda.
“MDHning bu tayanchida ilg‘or integratsiya tuzilmalari yetildi”, deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Ma’lumot uchun, bugun Moldova prezidenti Mayya Sandudan tashqari barcha MDH davlatlari rahbarlari 2020-yildan beri birinchi marta Ostonada Hamdo‘stlik Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishiga shaxsan yig‘ildi.