MDH sammitida davlat yetakchilari qaysi rangdagi bo‘yinbog‘larni afzal ko‘rishdi - foto

Prezidentlar bo‘yinbog‘larining ranglari nimani anglatishi haqida Sputnik materialida o‘qing.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Bugun Ostonada Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining sammiti va “Rossiya – Markaziy Osiyo” formatidagi uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlarda MDH yetakchilari turli hildagi bo‘yinbog‘lar bilan kamera obyektiviga muhrlandi.
Erkaklar bo‘yinbog‘i ayollar to‘g‘nog‘ichi singari ma’lum bir ma’noni anglatadi. Ho‘sh MDH rahbarlari taqib olgan bo‘yinbog‘lari bilan nima demoqchi ?
1 / 11

MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi oldidan.

2 / 11

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

3 / 11

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin.

4 / 11

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev.

5 / 11

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon.

6 / 11

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev.

7 / 11

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.

8 / 11

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov.

9 / 11

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan.

10 / 11

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov.

11 / 11

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev.

Demak, Qosim-Jomart Toqayev uchrashuv mezboni sifatida hokimiyat, ta’sir va kuch ramzi bo‘lgan qizil rangli bo‘yinbog‘ni afzal ko‘rdi.
Vladimir Putin to‘q binafsha rangli bo‘yinbog‘ni tanladi – yevrazianizm ranglari.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kulrang naqshli to‘q ko‘k bo‘yinboq taqdi. Bu tanlov boshqalarga ishonchni uyg‘otish istagini bildiradi.
Turkmanistonning 41 yoshli rahbari Serdar Berdimuhamedov “qirollar rangi” bo‘yinbog‘ini tanladi. Qora rang hokimiyat va kuchni anglatadi.
Bir vaqtning o‘zida uchta prezident - Aleksandr Lukashenko, Emomali Rahmon va Sadir Japarov, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbari Sergey Lebedev neytral "tinchlantiruvchi" ko‘k bo‘yinbog‘larni tanlashgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tadbirga oq nuqtali qora galstukda kelishni afzal qo‘rdi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan esa vino rangli bo‘yinbog‘da ko‘rinish berdi.