TOShKENT, 14 okt – Sputnik. MDH ijrochi kotibi lavozimi bosh kotiblikka o‘zgartirildi, bu haqda bugun Ostonadagi sammitda Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari tomonidan tegishli qaror qabul qilindi, deydi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev.
“Sizlarga shuni ma’lum qilmoqchimanki, biz tor doirada MDH ijrochi kotibi lavozimini MDH bosh kotibi lavozimiga o‘zgartirish masalasini muhokama qildik. Asosan, ijro etuvchi organning maqomini oshirish muhim ahamiyatga ega. Va bundan ham asosiysi, gap Sergey Nikolayevich Lebedev haqida ketapti, u Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi lavozimini egallashga mutlaqo loyiqdir. Bosh kotib lavozimining o‘zi ma’lum darajada va balki katta darajada umumiy tashkilotimizning mavqeyini oshiradi”, dedi Toqayev.
Ma’lumot o‘rnida, MDH davlatlari rahbarlari Lebedevning Hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasi rahbari sifatidagi vakolatlarini uch yillik muddatga uzaytirishga qaror qildi.