TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif qilgan gaz xabi Turkiyaning Yevropa qismidagi Frakiya viloyatida joylashishi mumkinligini aytdi.
“Bunday tarqatish markazi uchun eng maqbul joy Frakiyaga o‘xshaydi. Biz bu xabni buning uchun eng mos joyda quramiz. Bizda allaqachon gazni butun mamlakat bo‘ylab tarqatish uchun markaz bor, lekin bu, albatta, xalqaro markaz bo‘ladi”, deydi Turkiya rahbari.
11 oktabr kuni Vladimir Putin Moskvada bo‘lib o‘tgan energetika forumida Turkiyada gaz xabi yaratish taklifini bildirgan edi. Uning ta’kidlashicha, bunday qaror iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, shu bilan birga uning xavfsizlik darajasi ancha yuqori.
Bir kun avval turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuvda Putin gaz xabi yaratilishi bilan narxlarni “hech qanday siyosiy ohanglarsiz oddiy, bozor darajasida” xotirjamlik bilan tartibga solish mumkinligini ta’kidladi. Rossiya va Turkiya vakillari o‘rtasida gaz xabini yaratish bo‘yicha muzokaralar kelasi hafta boshlanadi.