TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Moskva Kiyevning teraktlar sodir etishga har qanday urinishlariga keskin javob qaytaradi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin o‘zining Telegram kanalida yozgan.
“Agar Kiyev rejimining hujumlari davom etsa, javob yanada keskinroq bo‘ladi”, - dedi Volodin.
Rossiya Davlat dumasi raisining so‘zlariga ko‘ra, hujumlarning barcha tashkilotchilari va ijrochilari topilishi, “kim qarshilik ko‘rsatsa, yo‘q qilinishi kerak”.
“Zelenskiy rejimini qo‘llab-quvvatlovchi g‘arb siyosatchilari terrorizmga homiylik qilmoqda. Shu munosabat bilan butun dunyoga ma’lum bo‘lgan qoidani eslatib o‘tmoqchiman: terrorchilar bilan muzokara olib borilmaydi”, - deb so‘zini yakunlagan Volodin.
Rossiya qurolli kuchlari so‘nggi uch kun ichida Ukraina infratuzilmasiga katta zarbalar berdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tushuntirishicha, bu Kiyev tomonidan Qrim ko‘prigida uyushtirilgan terakt va Rossiyadagi fuqarolik obyektlariga qilingan boshqa hujumlarga javobdir.