TOShKENT, 13 okt — Sputnik. “Yagona umumrespublika protsessing markazi” (Uzcard) ustav kapitalidagi 75 foiz davlat ulushi xususiylashtirildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) xabar bermoqda.
“Uzcard”ni 4 nafar ishtirokchilarga 25 foizdan baholangan qiymatda, jami 210,1 mlrd so‘mga sotish yuzasidan oldi-sotdi shartnomalari imzolangan.
DABA jalb etgan mustaqil baholovchi “Real Excellent Valuation” kompaniyasi “Uzcard” qiymatini baholagan.
Ta’kidlanishicha, mazkur shartnomalarga muvofiq joriy yil sentabr oyida DAbAning xususiylashtirish jamg‘armasiga kelib tushgan ushbu mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlangan.
Kuni kecha “Uzcard” davlat ulushining 75 foizi kompaniyaning to‘rt nafar ta’sischisiga (Obid Agzamxodjayev, Kamron Akbarov, Timur Azadov va Mansur Usmanov)o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgandi.