O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar OChda jamoa hisobiga navbatdagi medallarni taqdim etishdi

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Muhammadqodir Toshtemirov kumush va bronza, Og‘abek To‘xtayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Manama shahrida (Bahrayn) bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida navbatdagi medallarga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qit’a birinchiligida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Dast ko‘tarish mashqida 154 kg natija bilan kumush medalni rasmiylashtirgan Muhammadqodir Toshtemirov siltab ko‘tarish dasturida 192 kg bilan yana bir kumush, ikki kurash bo‘yicha esa 346 kg bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, siltab ko‘tarish mashqida 189 kg tosh ko‘targan Og‘abek To‘xtayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Osiyo chempionatida ayni vaqtda o‘zbekistonliklar hisobida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza va medali bor.