O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari transafg‘on yo‘li qurilishini muhokama qilishdi

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif Ostonada Transafg‘on temir yo‘li loyihasini ilgari surish masalasini ko‘rib chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Bugun Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning oltinchi sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashish maqsadida “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temir yo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish istiqbollari batafsil muhokama qilingan.
Shavkat Mirziyoyev provel peregovori s delegatsiyey Pakistana vo glave s Premyer-ministrom etoy strani Shaxbazom Sharifom.
Shuningdek, avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud salohiyat va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, ikki mamlakat o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. O‘tgan yilda ular 47 foizga, joriy yil boshidan yana 10 foizga oshdi. Qo‘shma korxonalar soni 200 taga yetdi.
Shavkat Mirziyoyev provel peregovori s delegatsiyey Pakistana vo glave s Premyer-ministrom etoy strani Shaxbazom Sharifom.
Ma’lumot uchun, loyihalashtirilgan “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘l liniyasi Janubi-Sharqiy Osiyoning yirik bozorlarini MDH davlatlari, Xitoy va Yevropa bozorlari bilan bog‘lovchi yangi va eng qisqa tranzit yo‘laklarini yaratadi.
Shu bilan birga, Afg‘onistonning markaziy qismida joylashgan o‘nlab foydali qazilmalar konlari iqtisodiy aylanmaga jalb qilinadi. 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilib, temir yo‘l transporti faoliyati bilan bog‘liq yangi kasblar shakllantiriladi. Loyiha amalga oshirilgach, hududning 15 mlngacha aholisi xayoti farovonlashadi.
Umuman olganda, transafg‘on temir yo‘li loyihasini amalga oshirish yuk tashish vaqti va narxini 30-40 foizga qisqartiradi. Ilk yillarda birinchi hisoblangan tashuvlar hajmi 3 mln tonnagacha, 2030-yilga kelib esa yiliga 15 mln tonnadan oshib ketishi mumkin.
Loyihaning taxminiy qiymati 4,6 mlrd dollarni tashkil etadi, amalga oshirish muddati 5-yil.
Yil so‘ngiga qadar transafg‘on temir yo‘lida dala ekspeditsiyasi boshlanadi - tafsilotlar