Navbatdagi OHIChK sammiti 2026-yilda o‘tkaziladi – tashkilot bosh kotibi

2024 yilda vazirlar uchrashuvi, mos ravishda navbatdagi sammit 2026-yilda bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari bo‘yicha kengash (OHIChK) sammiti ishtirokchilari qozog‘istonlik diplomat Qayrat Saribayni tashkilot bosh kotibi etib tayinladi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining navbatdagi sammiti (OHIChK) 2026-yilda o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, sammitlar har to‘rt yilda, vazirlar yig‘ilishi esa to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi.
“2024 yilda vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, mos ravishda navbatdagi sammit 2026-yilda bo‘lib o‘tadi”, dedi u Qayrat Saribay.
Ma’lumot uchun, Qayrat Saribay OHIChK Kotibiyati ijrochi direktori lavozimida ishlagan. Oltinchi sammitda qabul qilingan qarorga muvofiq, bu lavozim bosh kotib deb o‘zgartirildi.