TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy terrorizmning tarqalishi va NATO kengayishini Osiyo mintaqasida xavfsizlikka putur yetkazuvchi omillar deb hisoblaydi. Bu haqda u Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK) sammitida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Osiyoning turli mamlakatlarida terrorizmning tarqalishi, shuningdek, NATOning kengayishi mintaqadagi xavfsizlikka putur yetkazadi. Eron Islom Respublikasi, xususan, iqtisodiy terrorizmni qoralaydi va unga qarshi kurashish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi. Iqtisodiy terrorizm universal tahdiddir, unga qarshi kurashish doimiy hamkorlikni talab qiladi”, - dedi Raisiy.
Bundan tashqari, Eron prezidenti tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek, Osiyo davlatlari duch kelayotgan tahdidlarga qarshi kurashish uchun mintaqaviy mexanizm yaratish zarurligiga ishora qildi.
Ma’lumot uchun, bugun Ostona OHIChKning VI sammitiga mezbonlik qilmoqda.