TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston-Eron o‘rtasida soddalashtirilgan viza rejimi joriy etildi.
Bugundan O‘zbekiston va Eron Islom Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi.
Mazkur Bitim Eron prezidentining 14-16 sentabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
Mazkur hujjat 11 moddadan iborat bo‘lib, uning kuchga kirishi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, turizm, fan va ilmiy faoliyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.