TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Yevropa Ukrainadagi qarama-qarshilikda asosiy rol o‘ynashi kerak va uning bosh vazifasi AQSh vassaliga aylanmaslik, deb yozmoqda Xitoy davlat gazetasi “Global Times”.
“Qo‘shma Shtatlar Yevropa boshqaruvini o‘g‘irlab oldi va unga o‘z manfaatlaridan kelib chiqib qaror qabul qilishga yo‘l qo‘ymayapti, Rossiya esa YeI Vashingtonning mutlaq vassaliga aylanib qolmasligi uchun hamma narsa qilmoqda”, - deyiladi nashrda.
Nashr havola qilgan xitoylik ekspertlarning fikricha, Yevropa ishtirokida Ukrainadagi vaziyat rivojlanishining bir necha ssenariylari mavjud.
“Ularning biriga Yevropaning AQShdan mustaqil bo‘lishi kiradi - bu holda Rossiya va Yevropa davlatlari o‘rtasida to‘laqonli muloqot qilish imkoniyati mavjud. Yevropaning ikki lagerga bo‘linishiga olib keladigan ikkinchi yo‘l bor: ba’zi davlatlar o‘zlarini Vashington bilan bog‘laydi, boshqalari esa Moskvani tanlaydi”, deb yozadi mualliflar.
Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, mojaroning kuchayishi uchun javobgarlik AQSh va boshqa G‘arb davlatlari zimmasiga tushadi, bu holda ular, aksincha, o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishi kerak.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.