Sayyoraning “porox bochkasi” portlamoqchi emas

Sputnik
BAA amiri Muhammad bin Zaid Al Nahayonning Rossiyaga tashrifi keng omma uchun kutilmagan bo‘ldi: tashrif haqida dushanba kuni ma’lum qilingan edi, kuni kecha oqshomdayoq u prezident Vladimir Putin bilan Peterburgda muloqot qildi.

BAA tashqi ishlar vazirligi ikki rahbar uchrashuvining asosiy mavzusini Ukraindagi inqirozda “samarali siyosiy qarorlarga erishishga yordam” deya ma’lum qildi. Ammo ikki rahbar muloqotining mavzulari, albatta, ko‘proq: energetika bozorlaridagi vaziyat, Suriya, Zaporojye AES atrofidagi holat. Prezidentlar eshik ortida nimalarni muhokama qilishganini faqat taxmin qilish mumkin, ammo shubha yo‘qki, eng dolzarb mavzular ham ularning e’tiboriga tushgan. Bunday mavzular esa so‘nggi paytlarda tobora ko‘paymoqda.
Aslida Peterburgdagi uchrashuvda BAA rahbari nafaqat o‘z mamlakati rahbari, balki butun Fors ko‘rfazi monarxiyalari vakili sifatida ishtirok etdi. Voqealar shiddat bilan rivojlanayotganini hisobga olsak, yuqori darajada vaqtni tekshirish kerak bo‘ladi, chunki birgalashib javob berish kerak bo‘lgan xatarlar paydo bo‘lishi mumkin.
Butun Yaqin Sharq va qisman Fors ko‘rfazi mintaqasi juda og‘ir ahvolda, ular ustidan juda ko‘p tahdidlar turibdi va mintaqa davlatlari o‘z hayotini saqlab qolish –tom ma’noda omon qolish haqida o‘ylashga majbur bo‘lishapti.
Ma’lumki, ko‘plab o‘n yilliklar mobaynida ko‘rfaz monarxiyalari Amerika ta’sir doirasida bo‘lgan va AQShning eng muhim sheriklaridan hisoblangan. Hamkorlik ikki tomonga ham manfaatli bo‘lgan: AQSh dunyo neft bozori ustidan deyarli nazorat o‘rnata olgan, mintaqa mamlakatlari esa Amerikaning harbiy “soyaboni”, ya’ni himoyasi ostida bo‘lgan. Bu juda muhim, chunki Yaqin Sharqni adolatli tarzda sayyoraning “porox bochkasi” deb atashadi.
Bundan tashqari, Fors ko‘rfazi mamlakatlari ko‘p yillar davomida AQSh bilan sheriklikdan yana biir katta bonus- modernizatsiyaga umid bog‘lagan. Mintaqa o‘z an’analariga juda sodiq, ammo uning elitasi neft abadiy emasligini allaqachon tushunib yetgan: bir kun kelib ularning mamlakati uzra dollar yomg‘iri tinishi va o‘shanda ming yillar avvallidek beduin qashshoqligi kelishini sezishdi. Demak, AQSh kabi tez rivojlangan va taraqqiy etganlar yordamida bor imkoniyatlardan foydalanib texnologiyada, sanoatda va boshqa sohalarda yangi burilishlar qilish mantiqli bo‘ladi, albatta. Va amerikaliklar buni ularga bir necha marotaba va’da qilgan, shu bilan bir necha marotaba aldagan ham.

Keyin esa amerikaliklarning harbiy yordami ham to‘xtab qoldi. Ikki yarim yil avval AQSh Saudiya Arabistoniyadan Patriot zenit-raketa tizimlarini olib chiqib ketdi. Bu tizimlar yamanlik qo‘zg‘olonchilar - xusiylarning hujumlaridan mamlakatning neft obyektlarini himoya qilayotgan edi. Amerika davlat tizimlarida so‘l liberal kuchlarning ko‘payishi esa, AQShda Yaqin Sharq monarxiyalari ichki ishlariga aralashmaydigan pragmatik siyosat o‘rniga - ularni demokratiya yo‘qligida ayblovchi, tanqidiy siyosatga aylandi.

Umuman olganda, bir necha yillardan buyon mintaqa rahbarlari o‘z mamlakatlari va ularning o‘zlari uchun ham farovon bo‘lmagan kelajak yaqinlashayotgani ilg‘ashdi. Aynan shu omillar ularni Rossiyaga yaqinlashishga va AQShga emas, balki barcha a’zolar manfaatlariga xizmat qiladigan OPEK+ formatini yaratishga asos bo‘ldi.
Mazkur yil global gegemon haqida kimdadir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha xomxayollar va umidlarni puchga chiqardi: AQSh butun dunyo ko‘z o‘ngida, o‘sha g‘arb sivilizatsiyasiga aloqador bo‘lgan kontinental Yevropani maqsadli ravishda yo‘q qilmoqda. Anglosakslar hech ikkilanmasdan o‘z najotlari uchun qolgan hamma vositalarni ishlatishlari aniq.
Va Yaqin Sharq bunda birinchi navbatda turadi.

Aniqrog‘i, birinchisi Ukraina edi, ammo uning kulini ko‘kka sovurish kutilganidek bo‘lmadi. Albatta, Yevropa tanazzulga toqat qilyapti. Ammo, Rossiya - u nafaqat katta bardamlik ko‘rsatapti, balki boshqa jabhalarda ham shiddat bilan rivojlanishda davom etapti.

Yaqin Sharq mintaqasi va Fors ko‘rfazi mamlakatlari esa - tasavvur qilib bo‘lmas va juda katta tahdidlar qarshisida qolgan.
Ayni paytda G‘arb OPEK+ va Saudiya Arabistonini Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasiga yordam berganlikda ayblamoqda. Bu haqida jumladan, The Washington Post nashri yozdi. Unda o‘tgan hafta kartelning neft qazib olish hajmini kamaytirish haqidagi qarorini shunday talqin qilishibdi.
Amerikaliklarning javobi ham uzoq kuttirmadi. AQSh kongressida saudiyaliklarga qurol yetkazib berishni to‘xtatish haqida qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Bu esa mintaqadagi muhim mamlakatning harbiy jihatdan zaiflashishini bildiradi.
Shuningdek, amerikaliklar ixtiyorida Yaqin Sharqqa ta’sir o‘tkazishning norasmiy va kuchli instrumentlari hamon bor. Masalan, ayni paytda Eron yo‘q joydan chiqqan noroziliklar to‘lqiniga qarshi kurashishga majbur bo‘lmoqda. Bu safar bu noroziliklar manbasi kurd jamiyati bo‘ldi.
Tehron va Fors ko‘rfazi monarxiyalari orasida azaldan murakkab munosabatlar bo‘lgan. Ammo ayni paytda ikkisi ham xursand bo‘lolmaydi. Chunki kemaga tushganning joni bir, degandek, ular hozir aynan bitta kemada. AQSh esa bu kemani yoqib kulini ko‘kka sovurmoqchi. Va sayyoraning mutlaqo har bir mamlakatida xuddi shunday muammolarni yaratish mumkin. Amerikaliklar o‘zlari nazorat qiladigan radikal jangari tashkilotlar ko‘rinishidagi mutlaqo noan’anaviy qurollarga ega ekanliklarini aytmasa ham bo‘ladi, ular o‘zlari istagan har bir kishiga ularni qarshi ishlatishlari mumkin.

Bostirib kelayotgan geosiyosiy to‘fonga qarshi kurashishda mintaqaga shunday ittifoqdosh kerakki - u mustahkam iqtisodiyot, bir qator muhim texnologiyalar, ta’sirchan xavfsizlik chegarasi va boshqa ko‘plab afzalliklardan tashqari, AQSh va NATO bilan harbiy qarama-qarshilikda va hatto vaziyat uning foydasiga bo‘lmagan holatlarda ham bardosh bera olgan hamda g‘alaba qozongan bo‘lishi kerak

Qiziq, bu kim bo‘lishi mumkin?