TOShKENT, 12 okt - Sputnik. Rossiya YeOII davlatlari va O‘zbekiston bilan mashinasozlik, agrotexnika, avtomobilsozlik, kimyo sanoati va metallurgiya sohalarida bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda.
Eng yirik loyihalardan biri Belarus bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘rmon xo‘jaligi uchun mashinalar isholab chiqarish korxonasi, Qozog‘iston bilan hamkorlikda g‘alla yig‘ish kombaynlari ishlab chiqish, Qirg‘iziston bilan hamkorlikda avtobus va elektrobuslar ishlab chiqarish korxonalaridir.
Shunigdek, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida kimoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona ham tashkil etilgan.
Rossiya va O‘zbekiston hamkorligida qurilgan Toshkent metallurgiya zavodi ham eng yirik loyihalardan biridir.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.