TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiyaning “Motorika” kompaniyasi O‘zbekistonda yuqori texnologiyali protezlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Aytilishicha, “Motorika” va O‘zbekiston Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi o‘rtasida 2026-yilgacha respublikada reabilitatsiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolangan.
“Birinchi bosqich 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni funksional protez qo‘llar bilan ta’minlashni, keyingi bosqichda esa 18 yoshdan oshgan kattalarni reabilitatsiya dasturining to‘liq siklini ishga tushirishni nazarda tutadi. O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda”, - deyiladi xabarda.
"Motorika", shuningdek, reabilitatsiya qilishning texnik vositalari qatorini va reabilitatsiyaning to‘liq sikli dasturi va ushbu vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimini taqdim etdi. Kompaniya allaqachon nogironligi bo‘lgan shaxslar, jumladan, ikkita bola uchun bir nechta protezlar o‘rnatgan.
Ma’lumot uchun, “Motorika” Skolkovo rezidenti hisoblanadi. U yuqori texnologiyali qo‘l va bilak protezlarini ishlab chiqaradi.