TOShKENT, 12 okt - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi sentabr oyida safarbarlikka jalb etilgan harbiylar qanday ta’minlanayotgani haqida videolavha e’lon qildi.
Unda qisqa muddatli harbiy tayyorgarlikdan so‘ng maxsus operatsiya bo‘layotgan hududlarga yuborilayotgan harbiylar to‘liq kiyim bosh, shaxsiy himoya vositalari va taktik jihozlar bilan ta’minlangani aks etgan.
"MHO zonasiga jo‘nash oldidan bo‘linmalar zamonaviy jihozlar, zarur tibbiy va kiyim-kechak jihozlari, himoya vositalari va aloqa vositalari bilan to‘liq jihozlangan. Har bir harbiy xizmatchi egallab turgan lavozimiga muvofiq zamonaviy qurollar oladi", - deyiladi xabarda.
Xususan, harbiy xizmatchilar quyidagi himoya vositalari bilan ta’minlangan:
zirhli dubulg‘a;
tana zirhlari;
tizza va tirsakni himoya qilish to‘plami;
taktik ko‘zoynaklar;
yukni yengillatish uchun maxsus jilet.
Videolavha Rostov viloyatida qisman safarbarlik doirasida chaqirilgan fuqarolar uchun kiyim-kechak va jangovar texnikalar to‘plamini berish vaqtida suratga olingan.
Rossiya Mudofaa vazirligining o‘quv markazlari va poligonlarida o‘qitilgan barcha xodimlar mavsumiy dala formalari va individual birinchi tibbiy yordam to‘plamlari bilan ta’minlangan.