O‘zbekistonda ilk bor “Bulutli hisoblashlar” klasteri ishga tushirildi

Mazkur klaster Yadro fizikasi instituti va Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti (Dubna) hamkorlikda ishga tushirildi.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Yadro fizikasi institutida “Bulutli hisoblashlar” klasteri ishga tushirildi. Bu haqida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Yadro fizikasi instituti va Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti (Dubna) hamkorlikda yaratilgan yirik loyiha - “Bulutli hisoblashlar” klasterining tantanali ochilishi va ishga tushirilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Mazkur klaster mamlakatda ilk bor Yadro fizikasi institutida joriy qilinmoqda. Klaster yuqori hajmli hisob-kitoblardan foydalanilayotganda hisoblash tezligini ta’minlash, samaradorligini oshirish uchun yuqori darajadagi serverlarning yagona bulutli infratuzilmaga birlashtirish imkonini beradi”, - deyiladi xabarda.

Natijada, murakkab hisob-kitoblar tezroq amalga oshiriladi va ilmiy tadqiqotlar uchun yuqori aniqlikdagi hisob-kitob natijalarini beradi.
Yadro fizikasi instituti
Mazkur klaster yordamida juda katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va ishonchli yuklab olish va jo‘natish hamda katta informatsion resurs talab qiluvchi hisoblarni bajarish mumkin.