O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘llari hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” “Qazaqstan temіr joli” MK” AJ vakillari bilan muzokaralar olib bordi.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘llari hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olishdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Qazaqstan temіr joli” MK vakillari bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvda temir yo‘l transporti, xususan, yuk tashish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ko‘rib chiqilgan masalalar:
Mamlakatlar o‘rtasidagi davlatlararo tutash punktlarida yuk poyezdlarini qabul qilish/o‘tkazish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish;
Yuk poyezdlarini shakllantirish rejasi;
Yuk poyezdlarini tashish bo‘yicha konteyner va tranzit tashishlarni tashkil etish.
Tomonlar yuk tashishlardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishni davom ettirishga kelishib olishdi.
Shuningdek, uchrashuvda oldin qabul qilingan o‘zaro kelishuvlar doirasida joriy yilning 9 oyi davomida ikki davlat yuk tashish faoliyati bo‘yicha salmoqli natijalarga erishilgani alohida ta’kidlandi.