TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Doston Yoqubov Manama shahrida (Bahrayn) bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 2 ta oltin hamda 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
-73 kg vazn toifasida bahs olib borgan Doston Yoqubov dast ko‘tarish mashqida 140 kg bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.
U siltab ko‘tarishda 182 kg va ikki kurashda 322 kg bilan oltin medallarni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.
Doston Yoqubov
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Shu tariqa Yoqubov musobaqani 2 ta oltin hamda 1 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adhamjon Ergashev Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalga sazovor bo‘lgandi. Ergashev (-67 kg) dast ko‘tarish mashqida 138 kg, siltab ko‘tarishda 176 kg, ikki ku bo‘yicha esa 314 kg natija qayd etgan.