TOShKENT, 12 okt – Sputnik. O‘z ismini oshkor qilishni istamagan musulmon Rossiyaning Naberejnie Chelni shahrida jome masjidi qurilishi uchun 30 million rubl xayriya qildi. Bu haqida RIA Novostiga shahar imom-muxtasisi Alfas Gayfullin ma’lum qildi.
"O‘tgan kuni musulmonlardan biri Naberejne Chelnida jome masjidi qurilishi uchun 30 million rubl miqdorida xayriya qildi. Biz uchun bu hayratlanarli hodisa, albatta. Lekin u kishi o‘z nomi sirligicha qolishini istadi. Bu har bir mo‘minning huquqi va irodasi”, - dedi Gayfullin.
Imom aytishiga ko‘ra, xayriya qilingan mablag‘ hatto jamiyatda ayrim bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.
"Ba’zilar ushbu xayriya mablag‘i bir guruh musulmonlar tomonidan bir necha oy davomida jamlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan edi. Biroq tekshiruv ushbu mablag‘ bir kishi nomidan kelganini ko‘rsatdi", - dedi agentlik manbasi.
Naberejne Chelni sobori masjidi majmuasi qurilishini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori Uel Xusainov ham Naberejne Chelni sobori masjidi qurilishi uchun mablag‘ bir shaxsdan tushganini tasdiqladi.
“Pullar sobor masjidining uchta katta gumbazini qurish va o‘rnatishga sarflanadi”, — dedi Xusainov.