Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Medvedev: Stoltenberg NATOning Rossiyaga qarshi urushdagi ishtirokini tasdiqladi

NATO bosh kotibi avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi mojarodagi g‘alabasi alyans uchun mag‘lubiyat bo‘lishini aytgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi NATOning mag‘lubiyatini anglatishi haqidagi so‘zlari alyansning mojaroga aralashganini tasdiqlaydi. Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev shunday fikr bildirdi.

“NATO Bosh kotibining Rossiyaning g‘alabasi Shimoliy Atlantika alyansining mag‘lubiyatini anglatishi haqidagi tezisi blokning mamlakatimizga qarshi urushda ishtirok etishining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdig‘idir. Aytishganidek, katta aqldan emas, chin yurakdan. Norvegiyalik halol yigit nihoyat buni tan oldi”, - deb yozdi Medvedev o‘zining Telegram kanalida.

Stoltenberg avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi mojarodagi g‘alabasi NATO uchun mag‘lubiyat bo‘lishini aytgan edi. Alyans bosh kotibiga ko‘ra, NATO Ukrainada uzoq davom etadigan urushga tayyor bo‘lishi kerak.
Avvalroq Medvedev Rossiyaning kelajakdagi harakatlaridan maqsad Ukrainadagi siyosiy rejimni butunlay yo‘q qilish bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgan edi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.