TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya energetika haftasi” forumida nutq so‘zladi. Sputnik Rossiya rahbari chiqishidagi asosiy fikrlarni jamladi.
“Shimoliy oqimlar”dagi qo‘poruvchiliklar va bundan manfaatdorlar
Putinning so‘zlariga ko‘ra, “Shimoliy oqimlardagi” qo‘poruvchilik harakatlari ortida Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni barbod qilishga va Yevropani zaiflashtirishga intilayotganlar turibdi.
Rossiya rahbari “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlaridagi portlashlardan manfaatdor va foyda ko‘ruvchi AQSh ekanligi hammaga ma’lum ekanini ta’kidladi. Chunki u endi o‘z energiya resurslarini yuqori narxlarda Yevropaga yetkazib berishi mumkin.
Putin “Shimoliy oqimlardagi” hodisalarni xalqaro terrorchilik akti ekaniga shubha yo‘qligini ma’lum qildi. Bu gaz quvurlarini ta’mirlash mumkin, biroq agar ulardan keyin foydalanishdan ma’no bo‘lsa va xavfsizlik ta’minlansa.
Yevropaning O‘rta asrlarga qaytishiga Rossiya aybdor emas
Rossiya yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda belgilangan hajmda energeya resurslarini yetkazib berishga tayyor. Shuningdek, Yevropaga kuz-qish mavsumida qo‘shimcha gaz ham yetkazib berishga tayyor. Qaror qabul qilish Yevropa mamlakatlari rahbariyatlari tomonida.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari hukumatlari o‘z xatolari oqibatlarini Rossiyaga ag‘darishga urinishmoqda. Biroq Rossiya yevropaliklar O‘rta asrlardagidek o‘tin g‘amlashni boshlashganida aybor emas.
“Oddiy yevropaliklar jabr ko‘rapti. Bir yil ichida ularning elektr energiya va gaz narxi hisoblari uch baravardan ziyod bo‘ldi. Aholi O‘rta asrlardagidek qishga o‘tin g‘amlashga tushdi. Bunga Rossiyaning nima aloqasi bor? Va ular o‘z xatolarini doimo birovlarga to‘nkashga urinishadi, hozirgi holatda Rossiyaga. Yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, o‘zlari aybdor”, - dedi Putin.
Bilib qo‘ying: Rossiya o‘z zarariga neft sotmaydi
Putin Rossiya energiya resurslariga cheklangan narxi belgilanishi ehtimoli haqida to‘xtatib, mamlakat o‘z zarariga hech narsa sotmasligini qat’iy ta’kidladi.
“Biz o‘z zararimizga ishlamaymiz. Buni bilib qo‘ying”, - dedi u.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, OPEK+ ning neft qazib olishni qisqartirish qaror faqat dunyo bozori muvozanatini tartibga solishga qaratilganini urg‘uladi. Neft va gaz qazib olishga sarmoya kiritish so‘nggi yillarda 15-yil ichidagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketgan va bu maxsus operatsiya bilan bog‘liq emas.
Rossiya rahbari G‘arb boshqa mamlakatlarga qarshi yangi sohalarda cheklangan narx kiritmasligiga hech kim kafolat bera olmasligini aytdi, bu dunyo iqtisodiyotini barbod qiladi.