Zaporojye AESi Rossiya energetika tizimiga ulandi – Rogov

Rogov: Zaporojye AES Rossiya energetika tizimiga ulangan, Ukraina bilan hech qanday aloqa yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Zaporojye AES o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun Rossiya energetika tizimiga ulangan, Ukrainadan oqim yo‘q. Bu haqda “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati raisi, Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
“Zaporojye AES Rossiya energetika tizimiga ulangan, Ukraina bilan hech qanday aloqa yo‘q, hech qanday oqim amalga oshirilmaydi. AES bizning tomondan elektr uzatish liniyalari orqali quvvatlanadi. AESning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji Rossiya elektr energiyasi hisobidan ta’minlanadi”, dedi Rogov RIA Novostiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, atom elektr stansiyasida dizel generatorlari o‘chirilgan, ular uchun yoqilg‘i hajmi to‘ldirilmoqda.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar yonida joylashgan. Bu bloklar soni bo‘yicha eng katta va Yevropadagi eng kuchli atom elektr stansiyasidir. Mart oyidan beri AES rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishda davom etmoqda.