TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavushog‘li G‘arb Rossiya bilan muloqot qilishi zarurligi, Moskva bilan muloqotsiz o‘t ochishni bas qilish borasida kelishuvga erishib bo‘lmasligini ma’lum qildi.
“Moskva bilan muloqotsiz o‘t ochishni bas qilishga erishib bo‘lmaydi. Oxir-oqibat kim bilan gaplashish, kim bilan kelishishga to‘g‘ri keladi? Gap Ukraina hududlari, mojaroning ikkinchi tomoni haqida bormoqda”, - dedi Chavushog‘li Tvnet telekanaliga bergan intervyusida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shuningdek, Turkiya TIV rahbari mamlakat Rossiyaga qarshi bir yoqlama sanksiyalarga qo‘shilmasligini ta’kidladi.