Og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev mutlaq Osiyo chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik sportchi Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalga ega chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Adhamjon Ergashev Manama shahrida (Bahrayn) bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi Sportni rivojlantirish vazirligi.
Ergashev (-67 kg) dast ko‘tarish mashqida 138 kg, siltab ko‘tarishda 176 kg, ikki ku bo‘yicha esa 314 kg natija qayd etdi. U bu ko‘rsatkichlari bilan 3 ta oltin medalga ega chiqdi va mutlaq Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar (-67kg):
1. Ergashev Adhamjon — 314kg (138+176)
2. Yasin Muhammad (Indoneziya) — 303 (137+166)
3. Anucha Doungsru (Tailand) — 301 (136+165)
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5
Osiyo chempionatida ayni vaqtda O‘zbekiston vakillari hisobida 3 ta oltin, 3 ta bronza medal bor.