TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Muzaffarbek To‘raboyev dzudo bo‘yicha jahon chempioniga aylandi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida -100 kg vazn toifasida To‘raboyev chempionlik unvoni uchun kechgan hal qiluvchi bahsda kanadalik Kayl Reyes ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
"Qayd etish joiz, bunday natija sportimiz tarixida bo‘lmagan. Ilk bor terma jamoamiz jahon chempionatida 2 ta oltin medalga sazovor bo‘lmoqda", - deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, kecha o‘zbekistonlik dzudochi Davlat Bobonov 90 kg vazn toifasida dzudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan edi.