Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 10-oktabrning asosiy xabarlari

Rossiya Iurolli kuchlari, Qrim qo‘prigida sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng Ukraina yirik shaharlarining energetika va infratuzilma tizimlariga zarba berdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan maxsus operatsiyaga doir o‘tgan sutkaning asosiy xabarlari.
1️ oktabr kuni ertalab Ukrainaning energetika, harbiy qo‘mondonlik va aloqa obyektlariga uzoq masofali aniqlikdagi qurollar bilan katta zarba berildi.
Zarbalar, Kiyev, Lvov, Xarkov, Jitomir, Rovno, Ternopol, Ivano-Frankovsk, Vinnitsa, Krivoy Rog, Dnepropterovsk, Odessa va boshqa yirik shaharlarida joylashgan energetika va boshqa infratuzilma obyektlariga berildi.
Undan tashqari, 10-oktabr kuni Ukrainaning 52 artilleriya bo‘linmasining pozitsiyalarida zarba berildi;
Xerson viloyatida havoda Rossiya havo kuchlari tomonidan Ukrainaning MiG-29 samolyoti urib tushirildi;
Havo mudofaa tizimi o‘tgan sutka davomida oltita uchuvchisiz apparatlar, bitta "Tochka-U" raketasi, oltita HIMARS snaradlari va uchta HARM antiradar raketalarini urib tushirgan;
Ukraina IKning Kupansk yo‘nalishidagi barcha hujumlarini qaytarildi, dushmanning yo‘qotishlari 40 dan ortiq kishini tashkil etdi;
Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida xorijiy yollanma askarlarning uchta batalon taktik guruhi va bo‘linmalarining hujumlari qaytarildi;
Ukraina 11-oktabrdan boshlab, Rossiya raketa hujumlari tufayli Yevropa Ittifoqiga elektr energiyasi eksportini to‘xtatdi;
Qo‘shma Shtatlar Ukraina bo‘yicha mumkin bo‘lgan muzokaralar bo‘yicha Rossiya bilan aloqaga chiqmadi, bu tashabbus Kiyev qonunchilik tomonidan rad etilganidan keyin amalga oshishi dargumon, dedi Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.