TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Yevropa ittifoqi (YeI) Rossiya energiya resurslaridan voz kechish istagiga qaramay, ularning asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda, deya yozadi “Markets Insider” nashri.
CREA (Energiya va toza havo tadqiqotlari markazi) ma’lumotlariga ko‘ra, fevraldan buyon YeI Rossiya energiya resurslari importiga 100 milliard yevrodan ziyod sarflagan. Martdan sentabr oxirigacha xarid 50 foizga kamaygan, ammo summa hozirgacha yirikligicha qolmoqda, deya ta’kilaydi nashr sharhlovchisi In Tang.
“Yoqilg‘i narxi ko‘tarilishi Rossiyaning energetika sohasidagi daromadlari eksport hajmi qisqarganiga qaramasdan, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan sezilarli oshishini anglatadi”, - deyiladi xabarda.
G‘arb mamlakatlari Moskvaga qarshi sanksiya kiritishgani va Rossiya yoqilg‘isidan voz kechishganlari sabab energiya resurslari narxi ko‘tarilishi va inflyatsiya avj olishiga duch kelishdi.