TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Kiyev rejimi “Turk oqimi” gaz quvurining uchastkalaridan birini portlatib yuborishga uringan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Mamlakatimizning elektr energetika obyektlari va gaz transporti infratuzilmasiga qarshi bir qator terroristik xurujlar hamda shunga o‘xshash jinoyatlarga urinishlar, jumladan, "Turk oqimi" gaz quvurining uchastkalaridan birini portlatishga urinishlar sodir etilgan. Bularning barchasi obyektiv ma’lumotlar bilan isbotlangan, shu jumladan, qo‘lga olingan ushbu teraktlar ijrochilarining ko‘rsatmalari”, - dedi Putin.
Uning eslatishicha, Rossiya vakillariga Boltiq dengizi tubi bo‘ylab o‘tadigan xalqaro gaz tashish tizimlari portlashlari va vayron bo‘lish sabablarini tekshirishga ruxsat berilmagan.
“Ammo biz barchamiz bu jinoyatdan eng ko‘p foyda ko‘rgan odamni yaxshi bilamiz”, - dedi Rossiya prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, umuman olganda “Kiyev rejimi o‘z harakatlari bilan haqiqatda o‘zini xalqaro terrorchilik guruhlar, eng jirkanch guruhlar bilan bir darajaga qo‘ygan”.
"Bu kabi jinoyatlarni javobsiz qoldirishning iloji yo‘q", - dedi Putin.
Rossiya federal xavfsizlik xizmati 22-sentabr kuni Turkiya va Yevropani energiya bilan ta’minlovchi neft va gaz inshootida Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan sodir etilgan teraktning oldi olingani haqida ma’lum qildi. Ushbu obyektning nomi e’lon qilinmadi.