TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, Kiyevning Belarusga qarshi front ochishi harbiy nuqtayi nazardan ahmoqona, ammo jarayon boshlanib bo‘lgan. Bu haqda Belarus prezidenti bugun yig‘ilgan harbiy va xavfsizlik kuchlari bilan uchrashuvda aytdi.
“Men allaqachon aytganman, bugun bu Ukrainada nafaqat muhokama qilinmoqda, balki Belarus hududida zarba berish rejalashtirilmoqda. Albatta, ukrainaliklarga bu mutlaqo kerak emas. Xo‘sh, nega ular bizning janubiy chegaralarimizda ikkinchi frontni ochishadi? Bu harbiylar nuqtayi nazaridan jinnilik. Lekin shunga qaramay, jarayon boshlandi”, - dedi Belarus prezidenti.
Lukashenkoning fikricha, Ukrainani bunday harakatlarga G‘arb undamoqda.
“Ularning (rasmiy Kiyev – tahr.) egalari bizni u yerga tortish uchun Belarusga qarshi urush boshlashga undamoqda. Bir vaqtning o‘zida Rossiya va Belarus bilan shug‘ullanish uchun”, - dedi Lukashenko.