Tatariston rahbari O‘zbekistonga keldi

Minnixanov tashrifi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv ham rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi va tashrifini Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev bilan uchrashuvdan boshladi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Rustam Minnixanov pribil v Uzbekistan
“O‘zaro savdo munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishning uddasidan chiqdik. Bugungi kunda Rossiya O‘zbekiston iqtisodiyotida asosiy savdo hamkori va bosh investori sifatida egallab turgan yuksak maqom buning dalilidir”, - dedi Soliyev.
O‘z navbatida, Minnixanov o‘zaro hamkorlikning salohiyati yuqori ekani va o‘zaro tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish kerakligini ta’kidladi.
“Biz siz ishlab chiqarayotgan tovarlar ro‘yxatini diqqat bilan o‘rganib chiqamiz. Biz siz bilan faol hamkorlik qilamiz. Hamkorligimiz salohiyati yuqori. O‘zaro tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish zarur”, - dedi Tatariston rahbari.
Rustam Minnixanov Jizzax shahrida Qozon federal universitetining Jizzax filialining ochilish marosimida ishtirok etadi va prezident maktabiga boradi.
Shuningdek, Minnixanov tashrifi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Tatariston rahbari Angrendagi "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ shina zavodi, Toshkentdagi INNO texnoparkida bo‘ladi.
2021 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi tovar aylanmasi qariyb 200 million dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga qaraganda 23,5 foizga ko‘proq. 2022-yilning birinchi yarmida o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari 114 million dollarni tashkil etgan.