Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya QK Ukrainaning Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishidagi hujumini qaytardi

Ukraina qurolli kuchlari Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida katta yo‘qotishlarga duch keldi.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida Ukrainaning uchta batalon taktik guruhi va xorijiy yollanma askar bo‘linmalarining hujumini qaytardi — 60 dan ortiq jangari, 9 ta tank, 16 ta zirhli texnika, 17 ta avtomobil yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“Ukraina qurolli kuchlari Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida Xerson viloyatidagi Bruskinskoe, Bezimennoe, Sadok va Suxanovo aholi punktlari yo‘nalishlarida uchtagacha batalon taktik guruhlari va xorijiy yollanma askarlarning bo‘linmalari bilan hujumkor operatsiyalarni o‘tkazdi. Rossiya qo‘shinlarining faol harakatlari dushmanning dastlabki pozitsiyalariga qaytardi. Ukraina Qurolli kuchlarining kun davomida ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 60 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, 9 ta tank, 16 ta zirhli jangovar texnika va 17 ta avtomobilni tashkil qildi”, - deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.