Putin Ukraina hukumatini terrorchilik guruhiga qiyosladi

Rossiya prezidenti Kiyev anchadan buyon terrorchilik usullaridan foydalanib kelayotganiga e’tibor qaratdi
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Kiyev o‘zini eng razil terrorchilik guruhlari bilan bir qatorga qo‘ydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Kiyev rejimi o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini xalqaro terrorchilik guruhlari bilan qatorga qo‘ydi. Eng razil guruhlar bilan. Bunga o‘xshash jinoyatni javobsiz qoldirib bo‘lmasdi”, - dedi Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan yig‘ilishda.
Xususan, Qrim ko‘prigi portlatilishi terakt deb baholanadi. Rossiya ma’lumotlariga ko‘ra, u Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tashkillashtirilgan, rejalashtirilgan va amalga oshirilgan.
Putin Kiyev anchadan buyon terrorchilik usullaridan foydalanib kelayotganiga e’tibor qaratdi va Ukraina hukumatini Zaporojye atom elektr stansiyasi obyektlariga hujum sabab atom terrorizmida aybladi.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiya hududidagi Kursk AESga nisbatan uchta terakt uyushtirgan. Shuningdek, Putin Ukraina “Turk oqimi” gaz quvurini portlatishga uringanini ma’lum qildi.