TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan amputant futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Jahon chempionatidagi 3-o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan bahsda Gaiti terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etgan.
O‘zbekistonlik vakillar uchinchi o‘rin uchun bahsda Gaiti terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etgan.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston amutantlar termasi bunga qadar jahon chempionatida uchta oltin (2007, 2010, 2012), bitta kumush (1998) va ikkita bronza (1991, 2002) medaliga ega chiqqan.
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi bugun soat 19:00 da Vataniga qaytib keladi.