Og‘ir atletika: Nigora Abdullayeva Osiyo chempionatida 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi

Ayni kunlarda Bahraynning Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Bahraynning Manama shahrida bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Nigora Abdullayeva 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida bahs olib borgan Nigora Abdullayeva dast ko‘tarish mashqida 87 kg bilan uchinchi, siltab ko‘tarishda esa 106 kg bilan to‘rtinchi natijani qayd etgan.
“Ikki kurashdagi 193 kg hamurtimizga yakunda shohsupaning uchunchi pog‘onasidan joy olishiga kifoya qildi. Shu tariqa, bugun terma jamoamiz g‘aznasi yana 2 bronza medali bilan boyidi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Osiyo chempionatida ayni vaqtda o‘zbekistonliklar hisobida 3 ta bronza medal bor.