TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya va Belarus qo‘shma mintaqaviy qo‘shinlar guruhini joylashtirishga kelishib olganini ma’lum qildi. Bu haqda Belarus rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
“Ittifoq davlatining g‘arbiy chegaralarida vaziyat keskinlashishi munosabati bilan biz Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining mintaqaviy guruhini joylashtirishga kelishib oldik. Bari hujjatlarimizga muvofiq. Agar tahdid xavfi hozirgidek darajaga yetsa, biz Ittifoq davlati guruhidan foydalanishni boshlaymiz”, - dedi Lukashenko xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
U guruhlarni shakllantirish ikki kun ilgari uning buyrug‘i bilan boshlanganiga aniqlik kiritdi.
Bu haqda gap 7-oktabr kuni Sankt-Peterburgda MDHning norasmiy sammitidan keyin Lukashenkoning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvida borgan.
Belarus rahbarining ta’kidlashicha, respublika atrofidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda, G‘arbda esa Belarus armiyasi Ukraina hududidagi maxsus harbiy operatsiyada bevosita ishtirok etdigan degan gap yuribdi.
Lukashenko buning ortidan NATO va Yevropaning ayrim mamlakatlari rahbariyati ochiqchasiga Belarusga hujum qilish, yadro zarbasini berishgacha variantlarni ko‘rib chiqishayotganini qo‘shimcha qildi.